TGViewer
Channel Public Channel
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

@cyberbrosecurity

Elite offensive security consulting for corporates & governments.

CYBER-BRO - cyber security company official telegram channel!

Contact: cyberbro@exat.uz - info@cyber-bro.uz
Subscribers
2.69K
Photos
281
Videos
49
Links
166

Showing posts older than #348 · Back to latest

Older Posts 9 shown
Post #347 4.93K
🎉🎉🎉 CYBER-BRO Kiberxavfsizlik akademiyasiga qabul ochilmoqda

O'zbekistonda kiberxavsizlik xodimlariga talab oshib bormoqda, ammo sifatli va ish faoliyatini, o'z karyerasini boshlash uchun yetarlicha saviyali o'quv kurslari mavjud emas!


Biz yuridik va jismoniy shaxslarga aynan sohaning muhim va zarur bilimlarini hayotiy misollar bilan boyitilgan kiber poligonda amaliyotda o'rgatamiz, o'quv mashg'ulotlari real hayotiy ish tajribasiga va mutaxassis tanlagan soha asosida olib boriladi.

Akademiyamizda kiberxavfsizlik sohasining quyidagi yo'nalishlari alohida o'qitiladi :


- Red Team – TAS (Targeted Attack Simulation)
- SOC analyst – Certified SOC Analyst (CSA)
- Digital forensics and incident response (DFIR)
- REMA – Reverse Engineering & Malware Analysis
- Secure SDLC & DevSecOps
- Android Application Security Analysis and Penetration Testing
- Cyber threat intelligence – Registered Threat Intelligence Analyst
- Practical Bug Bounty – H1 (Burpsuite Pro)
- Advanced Active Directory Exploitation


- Foundation – Linux OS
- Foundation – Cyber Hygiene
- Social engineering & Managing Human Risk
- Information Security report writing
- Information security for government agencies
- OpenSource EDR, MDR, XDR, SIEM, DLP training

Batafsil kurslar va qabul haqida ma'lumot berib boramiz, hozirda "Red Team operator – TAS (Targeted Attack Simulation)" kursiga qabul ochiq deb e'lon qilamiz 🎉


✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

Biz bilan tezroq bog'lanish uchun info@cyber-bro.uz yoki cyberbro@exat.uz ga sizni qiziqtirgan savollarni batafsil yozib yuboring.

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 🔥 10
  • 👍 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #343 2.44K
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan joriy yilning 17-iyun kuni “Sun’iy intellekt nazariyasi va amaliyoti: tajriba, muammolar va istiqbollari” mavzusida II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi

konferensiyasida CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi "AI/ML XAVFSIZ YORDAMCHIMI ? SUNIY INTELLEKT TIZIMLARI XAVFSIZLIGI" mavzusida taqdimot o'tkazdi.

Unda Kiberjinoyatchi guruhlarning zamonaviy texnikalar bilan qurollangan holdagi harakatlari, datasetlar, modellarni zararlashi va ularni aniqlash bo'yicha texnik ma'lumotlar berib o'tildi.


✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 👍 6
  • 👏 5
  • 🏆 3
  • ⚡ 2
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #342 3.9K
Aziz din qardoshlar! Avvalo, barchamizga kirib kelgan Qurbon Hayiti muborak bo'lsin! Alloh taolo ushbu qutlug' ayyomni barcha mo'min-musulmonlar, xususan, yurtimiz uchun ham xayrli va barakotli qilsin, CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi siz va oilangizga eng yaxshi ezgu tilaklarni tilab qoladi.
  • 🎉 14
  • 🥰 3
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🏆 1
Post #341 4.32K
❗ 1-Iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, zamonaviy tahdidlardan shaxsiy va oilangiz, bolalaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun muhim bo'lgan quyidagi tafsiya va "Deutsche Telekom" tomonidan ishlangan ijtimoiy rolikni taqdim etamiz

Videoda ota-ona o‘z qizlarining bolalikdagi suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda ochiq joylashtirgan, ammo qiz o‘sib ulg‘aygach, bu ma’lumotlar uning shaxsiy hayotiga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi xabar beradi. Kinoteatrda ota-onaga qizlarining katta bo‘lganidagi hayotini ko‘rsatish orqali ular ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotsiz ulashgan ma’lumotlarning oqibatlari dramatik tarzda namoyish etiladi. Qiz ota-onasidan o‘z suratlari va shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni so‘raydi, bu esa shaxsiy hayotni himoya qilish muhimligini ta’kidlaydi.

✅ Farzandlaringiz va ularning shaxsiy hayotini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar :

🔴 Shaxsiy ma’lumotlarni cheklang: Bolalarning suratlari, ismlari, tug‘ilgan sanasi, maktab yoki yashash joyi kabi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda umuman joylashtirmaslik yoki faqat cheklangan doiradagilar bilan ulashish tavsiya etiladi. Bu ma’lumotlar kiberjinoyatchilar tomonidan suiiste’mol qilinishi mumkin.

🔴 Maxfiylik sozlamalarini tekshiring: Ijtimoiy tarmoq platformalaridagi maxfiylik sozlamalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqing va faqat ishonchli do‘stlar yoki oila a’zolari bilan ma’lumot ulashing. “Faqat do‘stlar” yoki “maxfiy guruh” sozlamalaridan foydalaning.

🔴 Bolalar bilan suhbatlashish: Farzandlaringizga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni ulashish xavflari haqida o‘rgating. Ularga o‘z rasmlari yoki ma’lumotlari internetda paydo bo‘lishining oqibatlari haqida tushuntiring.

🔴 Ruxsat so‘rang: Farzandingizning suratini yoki ma’lumotlarini joylashtirishdan oldin, agar ular yetarlicha yoshda bo‘lsa, ulardan ruxsat so‘rang. Bu ularning shaxsiy chegaralarini hurmat qilishga yordam beradi.

🔴 Raqamli izlarni minimallashtiring: Bolalarning shaxsiy ma’lumotlari internetda qancha kam bo‘lsa, ularning kelajakdagi maxfiyligi shuncha yaxshi himoyalanadi. Masalan, yuzni aniqlash texnologiyalari suratlardan shaxsiy ma’lumotlarni osonlikcha olishi mumkin.

🔴 Kiberxavfsizlik vositalaridan foydalaning: Parol boshqaruvchilari, ikki faktorli autentifikatsiya va xavfsiz internet ulanishlaridan foydalanib, hisoblaringizni himoya qiling.

🔴 Ogohlantirish belgilarni sezing: Agar kimdir sizning yoki farzandingizning ma’lumotlarini noto‘g‘ri ishlatayotganini sezsangiz, darhol ijtimoiy tarmoq platformasiga shikoyat qiling va kerak bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling.


✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 🔥 9
  • 🏆 2
  • 👍 1
Post #338 2.48K
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi, Yangi Asr Universiteti va Grand Ta'lim Maktabi hamkorligida

2025 yil 24 may kuni Yangi Asr Universitetida "Raqamli transformatsiya davrida kiber tahdidlar: Zamonaviy texnologiyalar va ularning jamiyatga ta'siri" mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi "Zamonaviy kibertahdidlarga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash" mavzusida taqdimot o'tkazdi.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 🔥 11
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🏆 2
Post #337 4.03K
⚡️ ESET 2024-yil oktabr – 2025-yil mart oylari uchun asosiy APT guruhlari faoliyati haqida hisobot e'lon qildi

Unda O'zbekiston kibersarhadlarida faol kibertahdidlar amalga oshirayotgan kiberjinoyatchilar haqida ma'lumot beradi. Jumladan Qozog'iston bilan bog'liq bo'lgan "BladedFeline" xakerlik guruhi qayta xujumlarni amalga oshirgani haqida faktlar keltiriladi, biz bu haqida o'tgan yili ma'lum qilgan edik, asosiy xujum nishonlari sifatida xakerlar O'zbekiston telekommunikatsiya provayderlariga xujum qilishgan, balki oldingi xujumlar orqali qo'lga kiritilgan imkoniyatlar orqali boshqa provayderlarga ham zarar yetkazgan bo'lishlari mumkin.

☝️ "BladedFeline" guruhining hujum texnikalari Eronning "MuddyWater" xakerlik guruhi texnikalariga juda mos keladi va bu haqida ESET mutaxassislari quyidagicha fikrda :

Bu taktika MuddyWater guruhidan olingan bo‘lishi mumkin, chunki MuddyWater uzoq vaqtdan beri PowerShell skriptlaridan foydalanadi, yoki MuddyWater BladedFeline uchun qayta kirishni amalga oshirib bergan bo‘lishi mumkin, ammo bunga aniq dalil yo‘q. BladedFeline O‘zbekistondagi yana bir telekom tashkilotini nishonga olgan bo‘lishi mumkin ehtimol. Bu voqealar Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar mustahkamlangan (2025-yil fevralida 400 AQSh dollari tranzit to‘lovi bekor qilingan) davrga to‘g‘ri keladi, bu Eron bilan bog‘liq kiberjosuslik guruhlari faoliyatini ko‘rsatishi mumkin.


🔥 CYBER-BRO Cyber Threat Intelligence tizimi orqali biz xakerlik guruhlarining izlarini faol kuzatmoqdamiz va yangi tahdid ma'lumotlarini doimiy hisobotlab boramiz, batafsil.

Batafsil ESET hisoboti bilan bu yerda tanishing :

https://www.welivesecurity.com/en/eset-research/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025/

https://web-assets.esetstatic.com/wls/en/papers/threat-reports/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025.pdf
  • 🔥 6
  • 👍 3
  • 🏆 2
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
Post #336 2.24K
⚡️ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi “Zamonaviy kibertahdidlar va O‘zbekiston internet sarhadlarida kiberxavfsizlik holati” mavzusida taqdimot o'tkazdi.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 🔥 8
  • 👏 3
  • 👍 2
  • ⚡ 1
Post #329 2.49K

Forwarded from International Islamic Academy of Uzbekistan

🟦🟦
🟦🟦🟦🟦🟦

Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda yurtimizda kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ hisoblangan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va “CYBER-BRO” kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
  • 👍 7
  • 🔥 3
  • 🤩 2
  • 🏆 2
Post #322 1.91K
⚡️ Xakerlik guruhlari va APT o'rtasida qanday farq bor ? qaysi guruhlar global xavfsizlikga jiddiy tahdid tug'dirmoqda ? Ularning maqsadi nima ?

Shu savollarga ushbu rasmlardan ma'lumot olasiz.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 👍 9
  • 🔥 5
  • ⚡ 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →