TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #337 4.03K
⚡️ ESET 2024-yil oktabr – 2025-yil mart oylari uchun asosiy APT guruhlari faoliyati haqida hisobot e'lon qildi

Unda O'zbekiston kibersarhadlarida faol kibertahdidlar amalga oshirayotgan kiberjinoyatchilar haqida ma'lumot beradi. Jumladan Qozog'iston bilan bog'liq bo'lgan "BladedFeline" xakerlik guruhi qayta xujumlarni amalga oshirgani haqida faktlar keltiriladi, biz bu haqida o'tgan yili ma'lum qilgan edik, asosiy xujum nishonlari sifatida xakerlar O'zbekiston telekommunikatsiya provayderlariga xujum qilishgan, balki oldingi xujumlar orqali qo'lga kiritilgan imkoniyatlar orqali boshqa provayderlarga ham zarar yetkazgan bo'lishlari mumkin.

☝️ "BladedFeline" guruhining hujum texnikalari Eronning "MuddyWater" xakerlik guruhi texnikalariga juda mos keladi va bu haqida ESET mutaxassislari quyidagicha fikrda :

Bu taktika MuddyWater guruhidan olingan bo‘lishi mumkin, chunki MuddyWater uzoq vaqtdan beri PowerShell skriptlaridan foydalanadi, yoki MuddyWater BladedFeline uchun qayta kirishni amalga oshirib bergan bo‘lishi mumkin, ammo bunga aniq dalil yo‘q. BladedFeline O‘zbekistondagi yana bir telekom tashkilotini nishonga olgan bo‘lishi mumkin ehtimol. Bu voqealar Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar mustahkamlangan (2025-yil fevralida 400 AQSh dollari tranzit to‘lovi bekor qilingan) davrga to‘g‘ri keladi, bu Eron bilan bog‘liq kiberjosuslik guruhlari faoliyatini ko‘rsatishi mumkin.


🔥 CYBER-BRO Cyber Threat Intelligence tizimi orqali biz xakerlik guruhlarining izlarini faol kuzatmoqdamiz va yangi tahdid ma'lumotlarini doimiy hisobotlab boramiz, batafsil.

Batafsil ESET hisoboti bilan bu yerda tanishing :

https://www.welivesecurity.com/en/eset-research/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025/

https://web-assets.esetstatic.com/wls/en/papers/threat-reports/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025.pdf
  • 🔥 6
  • 👍 3
  • 🏆 2
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  2. Oct 12, 2026video post
  3. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  4. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  5. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  6. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →