TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #95 3.82K
👾 Kiberxavfsizlik mutaxassislari MDH hududidagi jumladan O‘zbekistondagi foydalanuvchilarga zarar yetkazgan yangi zararli dasturni aniqlashdi

Kiberxavfsizlik bilan shug'ullanuvchi, Rossiyaning Positive Technologies kompaniyasi mutaxassislari tomonidan shu yilning avgust Rossiyadagi kompaniyalardan birining tarmog'ida g'ayritabiiy faoliyatni aniqladilar. Kompaniya mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida tekshirilayotgan kompaniya foydalanuvchilari ilgari nomaʼlum boʻlgan zararli dastur qurboni boʻlganligi aniqlandi.

Mutaxassislar batafsil tekshiruv natijasi bo‘yicha bergan xulosasiga ko‘ra ushbu zararli dastur “qurbonlari” - 164 mamlakatdagi 250 mingdan ortiq foydalanuvchilardir. Qurbonlarning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, Belarus va O‘zbekistondagi foydalanuvchilardir.

Hujumlarning katta qismi jismoniy shaxslar tomonidan torrent va shunga o‘xshash tizimlaridan ko‘chirib olingan crack dasturiy taʼminotni yuklab olish va o‘rnatish natijasida sodir bo‘lgan, lekin qurbonlar orasida turli davlat va nodavlat sohasida faoliyat yuritadigan tashkilotlar ham aniqlangan.

⁉️ Zararli dastur qanday ishlaydi

Zararli dastur oʻrnatilgandan soʻng, ushbu zararli dastur jabrlanuvchining kompyuteri haqida maʼlumot toʻplaydi, RMS (masofadan boshqarish) dasturi va XMRig maynerini oʻrnatadi va foydalanuvchining Telegram papkasi (tdata) tarkibini arxivlaydi.

Telegram papkasiga to‘liq huquq olinganidan keyin, buzg‘unchi tomonidan qurbon foydalanuvchining Telegram seansiga kiriladi va maxfiy holatda jabrlanuvchining Telegram akkauntidan maʼlumotlarini oladi va yozishmalarni kuzatadi. Agar foydalanuvchi ikki bosqichli autentifikatsiyani o‘rnatgan bo‘lsa ham, kiberjinoyatchi brute force yordamida parolni muvaffaqiyatli chetlab o‘tishi mumkin.

cyber-bro.uz | Telegram |
  • 👍 9
  • 🔥 4
  • 😢 3
  • 👏 2
  • 😍 1
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 14, 2026⚠️ AI/SI - QANCHALIK XAVFSIZ? BUNI TAXMIN QILMANG - SINAB KO‘RING! Sun’iy intellekt biznes…
  2. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  3. Oct 12, 2026video post
  4. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  5. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  6. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →