#xalqaro_reyting #statistika
🇺🇿 O‘zbekiston kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro reytingda qanday ko‘rsatkichga ega?
O‘zbekiston NSSI 2023 yilgi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 36.36 ball bilan reytingda 94 o‘rinni egallab turibdi. Respublikamizga qo‘shni davlatlar, Qozog‘iston va Qirg‘iziston reytingda O‘zbekistondan yuqorida joylashgan va mos ravishda 78 (48.05 ball) va 91 (37.66 ball) o‘rinlarda qayd etilgan.
Shuningdek, Afg‘oniston - 145 (12.99 ball), Tojikiston - 153 (10.39 ball), Turkmaniston - 164 (7.79 ball) o‘rinlarda qayd etilgan.
Maʼlumot o‘rnida: NCSI (National Cyber Security Index - Milliy kiberxavfsizlik indeksi) mamlakatning kiberxavfsizlik darajasini, kibertahdidlarning oldini olishga tayyorligini va kiber hodisalar, jinoyatlar va keng ko‘lamli inqirozlarni boshqarishga tayyorligini baholaydi.
cyber-bro.uz | Telegram |
Post #93
2.79K

- 😢 13
- 👍 8
- 🏆 3
- 🔥 1