🕵️♀️ Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (YeKPA) Ozarbayjonni Armanistonga qarshi Pegasus ishlatganlikda aybladi
Ozarbayjon arman mansabdor shaxslari, jurnalistlari va mustaqil arman ommaviy axborot vositalari vakillarini kuzatish uchun josuslik dasturidan foydalangan.
“Oxirgi hisobotlar arman-ozarbayjon mojarosi davrida Ozarbayjon tarafidan Armanistonda faoliyat yuritadigan 12 kishiga, shu jumladan bir qancha hukumat amaldoriga nisbatan josuslik ilovalaridan foydalanilgan va bu transmilliy maqsadli josuslik namunasi bo‘lib ko‘rinadi”, deyiladi YeKPAning Pegasus bo‘yicha rezolyutsiyasida.
YeKPA rasmiy Bokuni (Ozarbayjon) josuslik dasturlaridan foydalanishning barcha tasdiqlangan va shubhali holatlarini tekshirishga, kuzatuv qurbonlariga yetarli miqdorda kompensatsiya to‘lashga va Pegasusʼdan foydalanganlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi.
* Maʼlumot o‘rnida, Pegasus - bu Isroilning kiberqurol faoliyati bilan shug‘ullanuvchi NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan josuslik dasturi bo‘lib, iOS va Android operatsion tizimida ishlaydigan mobil telefonlarga yashirin va masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan 0day exploit hisoblanadi.
📧 Биз билан боғланиш учун: info@cyber-bro.uz
🌐 cyber-bro.uz | 💬 Телеграм
Post #88
3.69K

- 👍 7
- 🔥 2