🔥 Fransiyalik Sekoia tadqiqotchilari Cytrox (Lycantrox deb atalgan) josuslik dasturlari infratuzilmalarini fosh qilishdi.
2021-yil dekabr oyida tadqiqotchilar Cytrox (Lycantrox) va Candiru (Karkadann) mijozlari o‘rtasidagi potensial aloqalarni aniqladilar, chunki ular klasterlaridan biri josuslik dasturlari sotuvchilari arsenalidagi ekspluatatsiyalar zanjiri uchun kirish nuqtalarini birlashtirgan.
Aniqlangan Lycantrox infratuzilmasining izlari Portugaliya, Angola, Qozog'iston, Indoneziya, Misr, Madagaskar va Fors ko'rfazi mamlakatlaridagi bir nechta avtonom tizimlardagi serverlarni o`z ichiga olmoqda.
Unga tegishli 121 ta faol domen nomlari aniqlandi, ular Lycantrox infratuzilma faoliyati klasteri va ma'lum bir joydagi aniq maqsadlar bilan yuqori darajadagi vazifalarni bajargan.
Masalan, Madagaskarga tegishli domenlar razvedka agentliklari Predator (Cytroxning aloqador boshqa zararli dasturi) saylovlardan bir necha oy oldin mamlakatda siyosiy kuzatuv olib borish uchun sotib olganini ko'rsatdi.
Qozog‘istonda ilgari NSO, RCS Lab va FinFisher bilan faol ishlaganligini hisobga olsak, Sekoia tadqiqotchilari ro‘yxatda, Qozog‘iston tashkilotlari bilan bog‘liq tegishli hayratlanarli narsa topmadilar. Ya`ni odatdagidek OAV, neft qazib olish va moliya sohasida tegishli domenlarni aniqlashgan.
Post #86
3.27K

- ⚡ 9
- 👍 1
- 😢 1