🇮🇳 Hindistonlik xakerlar Isroil tomonida HAMASga qarshi kiber urushni boshladi
DNA gazetasining xabar berishicha, hind xakerlari Isroil tomoniga o‘tib, Falastin veb-saytlariga hujum qilmoqda. Bildirilishicha, xakerlar Falastin milliy banki va Milliy telekommunikatsiya kompaniyasi saytlariga hujum qilgan.
"Hindistonlik xakerlar guruhning rasmiy veb-saytini buzish va yopish orqali HAMASni nishonga olishga qaror qildi. Ular Falastin bilan kiber urushga kirishdi", deb yozadi gazeta.
O‘z navbatida, “Times Now” telekanalining da’vo qilishicha, Mysterious Team Bangladesh, Anonymous Sudan va Team Insane Pakistan kabi xakerlik guruhlari OPISRAEL va OpIsraelV2 nomlari ostida Isroilga qarshi qo‘shma operatsiyalarni boshlab, Yaqin Sharqdagi keskinlikni tarmoqqa ko‘chirganidan keyin hind xakerlari Falastin saytlariga hujumni boshlagan.
Ommaviy axborot vositalari hozircha hind xakerlik guruhlarini nomlagani yo‘q, biroq ular ba’zi kiberhujumlarda muvaffaqiyat qozonganini bildirmoqda. Shu bilan birga, “Times Now” nashrining qayd etishicha, Isroilda kompyuter hujumlaridan himoya qilish uchun zamonaviy tizimlar mavjud.
@cyberbrosecurity
Post #82
4K
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi 💣 Kiber urushlar davri Xabaringiz bor, kecha Isroil va Falastin o‘rtasida bir necha o‘n yillik mojaro yana qayta boshlandi va keskinlashib bormoqda. Ushbu bo‘hron kiber olamga ham ko‘chmoqda. Rossiya hukumatiga tegishli deb qaraladigan Killnet hakerlik guruhi…

- 😢 29
- 👍 6
- 👏 5
- ⚡ 2
- 🔥 2
- 😍 1
- 🏆 1