TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #74 5.24K
🔥 Birinchi CyberKent standoff juda zo'r o'tdi , tashkiliy masalalar , dizayn , Dj, kiber poligon hammasi xalqaro darajada ishlangan!

Biz kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirish , kadrlarni tayyorlash , O'zbekistonning virtual hududlarini kiber insidentlardan himoyalash bilan shug'illanar ekanmiz , CyberKentda qatnashgan ishtirokchilar holati , bilim darajasi haqida gapirib o'tishni zarur deb bildik.

Ochiq CTF dan boshlasak , odatda doim ctflar bir xil yo'nalishda aniq ssenariyda bo'ladi , masalan OSINT , Cryptografiya, Reverse,De/Encode .. ammo juda ko'pchilik oddiy masalalarda ham juda ko'p vaqt sarflashdi. Fundamental narsalarga e'tiborsizlik , bilmaslik sizni har qanday katta natijalaringizni nolga teng qilishi mumkin.

Smart TV - task juda qiziq va qiyin ko'rinadi , lekin siz masalaning shartini va tashkilotchilar taqdim qilgan "hint" lar orqali bu 2x2 ekanini tushinasiz... Ammo naq 6 soat vaqt o'tgach "hint" lar seriyasidan keyingina masala yechildi. Aslida server va Smart TV o'rtasidagi traffikni ochiq wifiga ulanib eshitishingiz , header dan cred'ni olib serverga kirish kifoya edi😵‍💫

Standoff - masalalari boshqacha , unda umumiy kompleks tizimlar yaratilgan , bir-biriga bog'liq obektlar edi. Ishtirokchilar va kuzatuvchilarning o'zlari holatni ko'rib baho berishdi :) Bajarilmay qolgan tasklar soni juda ko'p edi..

Umumiy qilib aytganda bizda bu sohaga qiziquvchi yoshlar juda ko'p, ammo barchasi tarqoq va tartibsiz chala bilim olishmoqda. Fundamental bilimlarning yo'qligi , nazorat va rejasiz harakat hech qanday natijaga olib kelmaganini guvohi bo'ldik ochig'i.

Biz CYBER-BRO Academy da bunday turnirlar uchun "CTF-Standoff" jamoalarini tayyorlash bo'yicha alohida o'quv mashg'ulotlarini tashkillashtiramiz va unda barcha yoshlar ta'lim olishi mumkin bo'ladi. Maqsad xalqaro turnirlarda keyinchalik O'zbekiston sharafini loyiq o'rinlarda egallash. 🫡

Yana bir bor ushbu ajoyib turnirni tashkillashtirgan Kiberxavfsizlik markazi , CyberPark rahbariyati va barcha xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.
  • 👍 29
  • 🔥 7
  • 🏆 2
  • 😢 1
  • 🤩 1
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 14, 2026⚠️ AI/SI - QANCHALIK XAVFSIZ? BUNI TAXMIN QILMANG - SINAB KO‘RING! Sun’iy intellekt biznes…
  2. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  3. Oct 12, 2026video post
  4. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  5. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  6. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →