TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #274 3.74K
❗️ “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1016-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi

Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘lik boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

📝 Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi.

🏢 Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

📋 Ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.

📚 Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

⚠️ Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma'lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:

✅ maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;

✅ maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;

✅ maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.

🗓 Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
  • 👍 7
  • ⚡ 1
  • 👌 1
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  2. Oct 12, 2026video post
  3. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  4. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  5. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  6. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →