TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #259 4.77K
⚡️ 2025-yilda kiberxavfsizlik va kibertahdidlar landshafti bashoratlari

- Internetdagi asosiy bilim bazalari (dataset) zarar ko‘rishda davom etadi, chunki tahdid aktorlari (APT) AI yordamida ma’lumotlarga tarafkashlikni kiritish va internetdagi narrativlarni o‘zgartirish orqali ta’sir ko‘rsatadi. Shu tariqa, boshqalar o‘z AI modellarini o‘qitishda foydalanadigan ma’lumotlar allaqachon zararlangan bo'ladi. Kiberthadidlar shu tariqa Supply Chain metodini uzluksiz davom ettirib, tahdid sarhadlarini kengaytirib boradi.

- 2024-yildagi ochiq kodli ta’minot zanjiriga qilingan xavfsizlik xurujlari kelgusida tahdid aktorlariga ushbu modelni ekspluatatsiya qilish uchun ilhom manbai bo‘lishi mumkin, ayniqsa keng qo‘llaniladigan dasturiy ekotizimlarda. Chunki ko'pchilik yirik tashkilotlardan tortib, dasturchi muhandislargacha opensource proektlardan foydalanishadi va o'z mahsulotlarida foydalanishadi, bu esa aynan kiberjinoyatchilar rejasida oldindan kiritilgan bo'ladi. 2024-yilgi ko‘rinishda ahamiyatsiz bo‘lib tuyulgan yirik kiberhujumlar, 2025-yilda gibrid urush kampaniyalarida strategik vosita sifatida qayta qo‘llanilishi ehtimoli bor.

- Xususiy kompaniyalar va fuqarolik tashkilotlari kiberxavfsizlik landshaftidagi o‘sib borayotgan ta’sirini aks ettirgan holda, tobora ko‘proq vositachi rolini bajaradi. Kiberjinoyatchilarni fosh qilish, davlat homiyligidagi APT kampaniyalarga qarshi kurashish, hacktivizmda qatnashish fonida oldin davlat tarkibidagi bir qancha maxsus tashkilotlar, xususiy sektorga alohida ajralib chiqishi keskin oshganini 2024-yilda ko'rdik.

Umumiy qilib xulosa qilsak, yangi 2025-yilda kibertahdidlar eng zamonaviy taktik texnikalar bilan rivojlanib boradi, AI qanchalik yordamchi va asosiy rolga intilmasin, uning har bir harakatlarini baholay oladigan malakali mutaxassislar dolzarb bo'lib qoladi. Xavfsizlik uchun komplekt va maqsadli mutaxassislarni doimiy tayyorlash, malakasini oshirish va oddiy qatlam uchun kibergigienani kengroq tadbiq qilish tavfsiya etiladi.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
  • 👍 10
  • ⚡ 4
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  2. Oct 12, 2026video post
  3. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  4. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  5. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  6. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →