TGViewer
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi @cyberbrosecurity · 2.69K subscribers
Post #208 3.43K
⚡️ Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi "Huquqni muhofaza qilish" akademiyasi negizida "Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot" institutini tashkil etish nazarda tutilgan. Institut raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqot va ishlanmalar markaziga aylanishni maqsad qilgan.

Qarorning asosiy jihatlari:

1. Institutga raqamli kriminalistika sohasida sud-tibbiy ekspertiza va tadqiqotlar o‘tkazish vakolati berish;

2. Kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini oshirishda “katta hajmli ma’lumotlar” (Big Data) tahlili, sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratish;

3. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish;

4. Raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

5. Kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish usullarini ishlab chiqish;

6. Raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

7. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish.

https://uza.uz/oz/posts/raqamli-kriminalistika-ilmiy-tadqiqot-instituti-tashkil-etiladi_609757
  • 👍 12
  • 🔥 2
More from @cyberbrosecurity
  1. Oct 12, 2026📣 Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi! CYBER-BRO jamoasi cyber…
  2. Oct 12, 2026video post
  3. Oct 5, 2026🔥 AVANGARD ning yangi soni chiqdi! Yangilanishda: 🟣Clipboard Manager — clipboard’dagi ma…
  4. Oct 1, 20261-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🎓 CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz v…
  5. Sep 26, 202626-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.
  6. Sep 25, 2026✅ SOC - Security operation center va bu xizmat atrofidagi mif'lar haqida posterda tanishin…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →