Markaziy bankka kiberxavfsizlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha vakolatlar beriladi
O‘zbekistonda bank axborot tizimlarida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qonunchilik talablarining buzilganligi holati qo‘pol qoidabuzarliklar qatoriga kiritilmoqda.
Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi munosabati bilan kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir choralar darajasini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonun bilan bank axborot tizimlarida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qonunchilik talablarining buzilganligi holati qo‘pol qoidabuzarliklar qatoriga qo‘shilyapti.
Senatorlarga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi kredit va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida hamda elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligini kuchaytirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
cyber-bro.uz | Telegram
Post #207
2.58K

- 👍 7
- 🔥 1