🔴AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KIBERXAVFSIZLIK
🟤Alfraganus universiteti rektori M.Maxmudov Kiberxavfsizlik sohasida samarali faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani hamda kafedra mudiri ham ishtirok etdi.
🟤Unda kiberxavfsizlik sohasida qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, zamonaviy ilgʻor texnologiyalar boʻyicha tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha maxsus oʻquv dasturlarni ishlab chiqishda universitet va kompaniyaning oʻzaro hamkorlik asoslari belgilab olindi.
🟤Natijada ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
🟤Uchrashuvdan soʻng, kompaniya vakillari va Alfraganus universitetida tahsil olayotgan talabalar bilan kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb mavzular boʻyicha davra suhbati tashkil etilib, oʻzaro fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.
Manba: Alfraganus Universiteti
Бизнинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз
cyber-bro.uz | Telegram |
Post #121
3.16K






- 👏 10
- ❤ 3
- ⚡ 2
- 👍 2
- 🔥 1
- 👌 1