♟ Chunchon O’zbeklar Jamiyati Shaxmat Turniri
Chunchon shahridagi O’zbeklar Jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan ushbu shaxmat turniri hamjamiyatimiz a’zolarini bir maydonda to‘plab, aql, strategiya va fikrlash madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Tadbir doirasida ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish, balki o‘zaro muloqot qilish, do‘stona muhitda vaqt o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.
📅 Sana: 23-noyabr 2025 yil
⏰ Vaqt: 17:30
📍 Joy: 강원대학교 KNU 글로벌인재네트워크센터
👥 Ishtirokchilar soni: 32 nafar (faqatgina birinchi ro’yhatdan o’tgan 32 qatnashchi)
🎯 Mukofotlar va sovg‘alar
Musobaqaning 1-, 2-, 3- va 4-o‘rin g‘oliblari uchun alohida qimmatbaho sovrinlar taqdim etiladi.
Bundan tashqari, ushbu tadbirda qatnashgan har bir ishtirokchi uchun maxsus esdalik sovg‘alari ham tayyorlangan. Bu sovg‘alar shaxmat turniridagi ishtirokingizni yodda qoldiruvchi kichik, ammo ahamiyatli ramz bo‘lib xizmat qiladi.
🤝 Tadbir homiylari
— Musafir
— Eski Shahar oshxonalari.
Ularning ko‘magi tufayli musobaqa yanada samarali, qulay va esda qolarli tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqada qatnashish uchun quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting⬇️⬇️⬇️⬇️:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfDXW0ukr-Z3rTJSQ1SQb9h-kd50JpO1BrI6d02aZyUpwe-bg/viewform?usp=publish-editor
ChO'J matbuot xizmati
Credits: @ganiev_akhrorjon
Post #68
1.63K

- ❤ 3
- 👍 2
- 🔥 1