📢 Chunchon O‘zbeklar Jamiyatida yangi prezident faoliyatini boshladi!
📅 15-oktyabr kuni Chunchon O‘zbeklar Jamiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida saylov natijalariga muvofiq, Dr. Valijon Turakulovga Jamiyat prezidentligi yorlig‘i topshirildi.
Shuningdek, Jamiyatning birinchi prezidenti Hasanboy Juraturg‘unovga shu vaqtga qadar olib borgan faoliyati va Jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun mas’ullar tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Unga Jamiyatning maxsus faxriy yorlig‘i topshirildi.
🤝 Dr. Valijon Turakulov shu kundan e’tiboran prezidentlik faoliyatiga rasman kirishdi. Yig‘ilish davomida Jamiyatning kelgusidagi faoliyati va rejalari yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Yangi prezidentga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar, Jamiyatimizga esa yanada rivojlanish va birdamlik tilaymiz!
————————————
CHO’J - Birgalikda tarix yaratamiz!
📱Telegram | 🌐Instagram | 🔥YouTube | 🌐Facebook
Post #254
125