Kechagi Zakovat turnirini ham muvoffaqiyatli o’tkazib oldik.
Ishtirok etgan, qo’llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat!
O’yin shu qadar qiziqarli o’tdiki, vaqt o’tib ketganini sezmay qoldik)
G’olib jamoalar:
1 - Muqobala jamoasi
2 - IQ noppa jamoasi
3 - Yuksalish jamoalarini yana bir bor tabriklaymiz, bilimingiz bundan-da ziyoda bo’lsin.
Bosh homiyimiz MUSAFIR oshxonasi hamda ESKI SHAXAR oshxonasiga jamiyat nomidan minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ishlariga Alloh baraka bersin.
Turnir xarajatlari bir qismi Jamiyat fondidan qoplangani sababli Fondga hissa qo’shayotgan yurtdoshlarimizga ham katta rahmat! Alloh rozi bo’lsin.
Jamiyatimiz faolligi, birdamligi yaxshilanayotgani sezilib turibti. Ishonamanki bu ko’rsatgichlar faqat yuqoriga qarab o’sadi.
Tashkiliy ishlar masalasida fikr va taklifinglarni izoh qismida qoldirsanglar hursand bo’lamiz.
Hammaga sog’lik salomatlik, ishlarga rivoj tilayman! Birdamligimiz bardavom bo’lsin.
https://t.me/cuzbekc




