Chunchon O‘zbeklar Jamiyati prezidentligi uchun o‘tkazilayotgan saylov tadbiri doirasida prezidentlikka nomzodlarning faollar va jamiyat a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
🤝 Uchrashuv davomida nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlari bilan tanishtirib, asosiy maqsad va tashabbuslari haqida ma’lumot beradilar.
❓Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari nomzodlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va bevosita javob olishlari mumkin.
Barchangizni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
🇺🇿 Keling, birdamlik yo‘lida birlashaylik va Chunchon O‘zbeklar Jamiyatining kelajagini birgalikda belgilaylik!
🗓 Sana: 09.10.2026, juma
⏰ Vaqt: 19:00
📍 Manzil: 만나카페 [link]
Kofe uchun 5,000 won olib kelish tavfsiya etiladi.
————————————
CHO’J - Birgalikda tarix yaratamiz!
📱Telegram | 🌐Instagram | 🔥YouTube | 🌐Facebook
