TGViewer
Chunchon O’zbeklar Jamiyati Chunchon O’zbeklar Jamiyati @cuzbekc · 429 subscribers
Post #226 1.26K
TED TALK ACADEMIC EVENT

Yangi loyihaga start berdik!

Avvalroq jamiyatimiz doirasida o'tkaziladigan Book Club doirasida TED Talk formatidagi chiqishlarni ham tashkil qilishni rejalashtirgan edik. Endi ushbu loyihani alohida tadbir sifatida yo‘lga qo‘yishga qaror qildik.

📅 Sana: 22-sentyabr, seshanba
⏰ Vaqt: 19:00
📍 Joy: Chunchon
🗣Til: o'zbek yoki ingliz (ixtiyoriy)

Tadbir davomida ishtirokchilar 10–15 daqiqalik qisqa, qiziqarli va ilmiy asoslangan TED-style chiqishlar bilan ishtirok etishadi.

🧠 Qanday mavzular?

Mavzu oddiy ma’ruza emas, balki xalqaro auditoriya oldida taqdimot qilinayotgandek tanlanishi maqsadga muvofiq. Ya’ni:

• turli mamlakat va madaniyat vakillarini qiziqtira oladigan;
• aniq bir savol yoki muammoga asoslangan;
• ilmiy tadqiqot, tajriba yoki ishonchli ma’lumotlar bilan asoslangan;
• tinglovchiga yangi fikr yoki nuqtayi nazar beradigan;
• 10–15 daqiqada mazmunli ochib berish mumkin bo‘lgan mavzu.

🎞 Imkon bo‘lsa, taqdimot (PowerPoint/Google Slides) ham tayyorlab kelish tavsiya etiladi. Slaydlarda ko‘p matn bo‘lishi shart emas, asosiy fikrlar, rasmlar, grafikalar, tajribalar yoki muhim faktlardan foydalanish mumkin.

Bu akademik konferensiyadagi uzun ma’ruza emas. Maqsadimiz — qiziqarli g‘oya + yaxshi hikoya + ilmiy dalil + kuchli xulosa orqali tinglovchini o‘ylantiradigan chiqishlar yaratish.

Agar sizda qiziqarli mavzu bo‘lsa yoki TED Talk formatida chiqish qilib ko‘rishni istasangiz, bizga murojaat qiling.

Murojaat uchun: @ganiev_akhrorjon

Bilimingizni ulashing. Fikringiz bilan boshqalarni o‘ylantiring. 🌎

Chunchon O’zbeklar Jamiyati
Ta’lim va akademik rivojlanish bo‘limi


📱Telegram | 🌐Instagram | 🔥YouTube | 🌐Facebook
  • 👍 4
  • ❤ 1
More from @cuzbekc
  1. Oct 17, 2026📢 Chunchon O‘zbeklar Jamiyatida yangi prezident faoliyatini boshladi! 📅 15-oktyabr kuni…
  2. Oct 17, 2026🕌 SEULDA ISLOM MADANIYATI KUNI! 🌙 🇺🇿 Assalomu alaykum, hurmatli Chuncheon shahridagi v…
  3. Oct 16, 2026🎤 TED TALK | 2-UCHRASHUV 📚 20-oktyabr kuni TED Talk loyihamizning navbatdagi uchrashuvin…
  4. Oct 15, 2026🗣️ English Speaking Club Our English Speaking Club meets every week! Want to improve your…
  5. Oct 13, 2026📢 RASMIY E’LON | SAYLOV YAKUNLANDI 🗳️ Hurmatli Chunchon O‘zbeklar Jamiyati a’zolari! Jam…
  6. Oct 11, 2026📢 RASMIY BAYONOT | SAYLOV NATIJALARI 🗳️ Hurmatli Chunchon O‘zbeklar Jamiyati a’zolari! B…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →