TGViewer
Chunchon O’zbeklar Jamiyati Chunchon O’zbeklar Jamiyati @cuzbekc · 429 subscribers
Post #154 511
Kecha 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Chunchon shahrida Chunchon O'zbeklar Jamiyati (ChO'J) tomonidan tashkil etilgan futbol musobaqamiz qizg'in baxslar, samimiy muhit va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqa davomida qiziqarli, murosasiz va o‘ziga xos uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O'ndan ortiq Koreyaning turli shaxarlaridan tashrif buyurgan jamoalar maydonda g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi, tomoshabinlar esa musobaqani katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordilar.

Ishtirokchilarning bo‘sh vaqtlarida ham tadbir yanada jonlandi — ular o‘rtasida arqon tortish va tosh ko‘tarish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Bu esa musobaqaga nafaqat sport ruhi, balki do‘stona hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyat ham olib kirdi.

Tadbirda bir qator hurmatli mehmonlar ham ishtirok etdilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi birinchi kotibi, Koreya Politsiya agentligining mas’ul xodimi, Tashqi mehnat migratsiyasi tizimidan bir necha vakolatli vakillar, shuningdek Coinshot xalqaro pul o‘tkazmalari hamda LA KUBA ichimliklari kompaniyalarining rasmiy vakillari tashrif buyurdilar. Ularning ishtiroki tadbir nufuzini yanada oshirdi va xorijdagi vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Musobaqa davomida bir qator individual nominatsiyalar ham aniqlandi. Eng yaxshi o‘yinchi, eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi gol egasi nominatsiyalari bo‘yicha faol ishtirokchilar taqdirlandilar.
Shuningdek, musobaqani tashkillashtirish va yuqori saviyada o‘tkazishda yaqindan yordam bergan Chunchon O‘zbeklar Jamiyati a’zolari, hakamlar hay’ati hamda volontyorlarga Chunchon O‘zbeklar Jamiyati tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
3-o‘rin — FC Palestine (Daegu)
2-o‘rin — FC Neftchi (Anyang)
1-o‘rin — FC Chonho (Seoul)

Mazkur musobaqa xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz sport, madaniyat va hamjihatlik orqali yanada jipslashishini yorqin isboti bo'ldi. Bunday uchrashuvlar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi, balki o‘zaro hurmat, birdamlik va milliy birlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Chunchon O‘zbeklar Jamiyati kelgusida ham Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimizni birlashtiruvchi, ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlovchi va O‘zbekistonning jahondagi imidjini yuksaltiruvchi ana shunday mazmunli tadbirlarni davom ettiradi. Birligimiz — kuchimiz, hamjihatligimiz — taraqqiyotimiz poydevoridir.

Chunchon O’zbeklar Jamiyati
Matbuot xizmati

📱Telegram | 🌐Instagram | 🔥YouTube | 🌐Facebook
  • 👍 10
  • 💯 4
  • 🔥 3
More from @cuzbekc
  1. Oct 17, 2026📢 Chunchon O‘zbeklar Jamiyatida yangi prezident faoliyatini boshladi! 📅 15-oktyabr kuni…
  2. Oct 17, 2026🕌 SEULDA ISLOM MADANIYATI KUNI! 🌙 🇺🇿 Assalomu alaykum, hurmatli Chuncheon shahridagi v…
  3. Oct 16, 2026🎤 TED TALK | 2-UCHRASHUV 📚 20-oktyabr kuni TED Talk loyihamizning navbatdagi uchrashuvin…
  4. Oct 15, 2026🗣️ English Speaking Club Our English Speaking Club meets every week! Want to improve your…
  5. Oct 13, 2026📢 RASMIY E’LON | SAYLOV YAKUNLANDI 🗳️ Hurmatli Chunchon O‘zbeklar Jamiyati a’zolari! Jam…
  6. Oct 11, 2026📢 RASMIY BAYONOT | SAYLOV NATIJALARI 🗳️ Hurmatli Chunchon O‘zbeklar Jamiyati a’zolari! B…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →