🆕Bugun Chunchon O’zbeklar Jamiyatining yana bir tadbiri muvaffaqqiyatli yakunlandi.
Tadbir ‘Koreyada omon qolish’ nomli majoziy ma’nodagi mavzuga mos, barcha uchun kerakli bo’lgan savol-javoblar va ma’lumotlarga boy bo’ldi. Buning uchun tadbir tashkilotchilari, spikerlar, va tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildiramiz.
Tadbir qanday bo’lib o’tdi, deb qiziqayotganlar uchun: tadbir 13:10dan 18:00ga qadar salkam 5 soat yuqori tempda qizg’in suhbatlarga boy bo’ldi. Bu haqida video materiallar tez fursatlarda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
Oldinda sizlarni bundanda qiziq va foydali tadbirlar kutmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!
—————————
Chunchon O’zbeklar Jamiyati
Matbuot xizmati
Post #141
625

- 👍 8
- ❤ 1
- 🔥 1