TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75602 1.57K
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ziyod “gashish” savdosining oldi olindi


Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda navbatdagi tezkor-qidiruv tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining yashirin oldi-sotdisi fosh etildi.

Tezkor kuzatuvda bo‘lgan shaxs uchta o‘ramga joylangan, umumiy og‘irligi 1 kilogramm 233 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasini sotishga kelishgan. U xaridordan kelishilgan pulning bir qismini qabul qilib, evaziga giyohvandlik vositasini berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs muqaddam ham giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan. Biroq u o‘z qilmishidan tegishli xulosa chiqarmasdan, yana shunday jinoyatga qo‘l urgan.

Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 1 kilogramm 233 gramm “gashish” o‘rtacha hisobda 8 600 ta isteʼmol dozasiga teng. Ushbu moddaning noqonuniy muomalaga kiritilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yilishi ko‘plab insonlar, ayniqsa, yoshlar hayoti va salomatligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini oldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bojxona organlari tomonidan joriy yil boshidan buyon huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda aniqlangan 844 ta holatda 2,2 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi hamda mamlakatimiz hududidagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.
More from @customschannel
  1. Oct 17, 2026#Axborot24 | 17.10.2026 1,2 kg giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs to'xtatib qol…
  2. Oct 17, 2026#tezkor #giyohvandlikka_qarshi_kurash Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga…
  3. Oct 17, 2026Sog`liqqa dahldor savdoda qonuniylik muhim 🗓 16.10.2026 ⏰ 11:00 🌐 Telegram | 🌐 Instagra…
  4. Oct 17, 2026#bojxona_dunyo_buylab BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB! Ozarbayjonning “Astara” bojxona postida katt…
  5. Oct 17, 2026Vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti takomillashtirilmoqda 🗓 16.10.2026 ⏰ 15:00 🌐 T…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →