TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75608 1.63K
#bojxona_dunyo_buylab

BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB!


Ozarbayjonning “Astara” bojxona postida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi
to‘xtatib qolindi.
Ozarbayjonning “Astara” bojxona postida Erondan yuk avtomobilida kelgan haydovchining shubhali xatti-harakatlari bojxona xodimlari eʼtiborini tortgan. Shaxsiy ko‘rik davomida uning beliga korset yordamida mahkamlangan 3 ta o‘ramdan jami 3 000 dona metadon tabletkasi aniqlangan. Shuningdek, haydovchi bojxona posti hududiga tashlab yuborgan 2 ta o‘ram tekshirilganda, sof og‘irligi 2 kilogramm 950 gramm bo‘lgan geroin moddasi topilgan.

AQSHning Texas shtatidagi Laredo shahrida joylashgan World Trade Bridge chegara-o‘tkazish punktida bojxona xodimlari qiymati 30 million dollardan ortiq metamfetaminni aniqladi.
2026-yil 12-oktabr kuni tekshiruvga yo‘naltirilgan, hujjatlarda tuz olib ketayotgani ko‘rsatilgan yuk avtomobili skanerdan o‘tkazildi. Natijada yuk orasiga yashirilgan 76 ta qopda jami 3 395,91 funt (taxminan 1,54 tonna) metamfetamin borligi aniqlandi. Musodara qilingan moddalarning taxminiy qiymati 30,35 million dollarni tashkil etdi.

Gonkong aeroportida 15 kilogramm ketamin aniqlandi.
Gonkong xalqaro aeroportida bojxona xodimlari Fransiyaning Parij shahridan Taypey orqali kelgan 28 yoshli Malayziya fuqarosining yukini tekshirish davomida qariyb 15 kilogramm ketaminni aniqladi. Narkotik modda chamadon ichidagi qahva kukuni qadoqlariga yashirilgan bo‘lgan. Musodara qilingan moddaning taxminiy bozor qiymati 5,4 million Gonkong dollariga baholangan.

Gonkongda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi akulalar suzgichlari aniqlandi
Gonkong bojxona xizmati Lo Vu nazorat-o‘tkazish punktida yo‘lovchining shaxsiy yukini tekshirish davomida 18 kilogramm quritilgan akula suzgichlarini aniqladi. Dastlabki ekspertiza ularning ayrimlari yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar turlarini xalqaro savdo qilishni tartibga soluvchi CITES konvensiyasi doirasida muhofaza qilinadigan turlarga tegishli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Mahsulotlarning taxminiy bozor qiymati 45 ming Gonkong dollariga baholangan. Holat keyingi tekshiruv uchun tegishli tabiatni muhofaza qilish idorasiga topshirilgan.

Ummon bojxonasi vitamin kapsulalari ichiga yashirilgan metamfetaminni aniqladi
Ummon bojxona xizmati xalqaro pochta jo‘natmasini tekshirish davomida vitamin B12 kapsulalari ichiga yashirilgan kristallsimon metamfetaminni aniqladi. Jo‘natma dastlabki nazoratdan o‘tkazilgach, bojxona xodimlari uning tarkibini batafsil tekshirgan. Natijada vitamin kapsulalari ko‘rinishida yashirilgan narkotik modda fosh etilgan.

Hindiston bojxona xizmati Nyu-Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportining yuk terminalida Bangkokdan keltirilgan jo‘natmani tekshirish davomida 148,67 kilogramm gidroponik usulda yetishtirilgan kannabisni topildi.
Hujjatlarda 19 ta karton qutidagi yuk polimer quvurlar sifatida ko‘rsatilgan. Biroq bojxona xodimlari xavf tahlili asosida jo‘natmani tekshiruvga yo‘naltirdi. Natijada, polimer g‘altaklar ichidagi maxsus bo‘shliqlarga yashirilgan giyohvandlik moddalari topildi. Musodara qilingan moddalarning Hindistondagi qora bozori bo‘yicha taxminiy qiymati 150 million rupiyni tashkil etgan.

Gonkong bojxona xodimlari Lok Ma Chau Spur Line nazorat-o‘tkazish punktida yo‘lovchining sumka va ryukzagidan 164 ta tirik toshbaqani
aniqladi.
Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularning ayrimlari xalqaro savdosi cheklangan va muhofaza qilinadigan turlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Toshbaqalarning taxminiy bozor qiymati 320 ming Gonkong dollarini tashkil etgan. Holat yuzasidan keyingi tekshiruvlar tegishli idoralar tomonidan olib borilmoqda.
More from @customschannel
  1. Oct 17, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi INVOYS ASOSIDA EKSPORT QILISHDA OLDINDAN 50 FOIZ TUSHUM TAL…
  2. Oct 17, 2026KUNNING YAXSHI XABARI! Bojxona rasmiylashtiruvi markazi “Masofaviy elektron deklaratsiyala…
  3. Oct 17, 2026#Axborot24 | 17.10.2026 1,2 kg giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs to'xtatib qol…
  4. Oct 17, 2026#tezkor #giyohvandlikka_qarshi_kurash Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga…
  5. Oct 17, 2026Sog`liqqa dahldor savdoda qonuniylik muhim 🗓 16.10.2026 ⏰ 11:00 🌐 Telegram | 🌐 Instagra…
  6. Oct 17, 2026Vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti takomillashtirilmoqda 🗓 16.10.2026 ⏰ 15:00 🌐 T…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →