TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75582 2.26K
#ona_tilim_faxrim

Bojxona institutida 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Davlat tili – millat ruhi va gʻururi” mavzusidagi tadbirda Bojxona qoʻmitasi Raisining maslaxatchisi U.Pirmuxamedova, soha faxriylari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmonov, Bojxona instituti professor-oʻqituvchilari, kursantlar hamda Sergeli tumanidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Unda soʻzga chiqqanlar ona tilimizning boy maʼnaviy merosi, milliy oʻzligimiz va qadriyatlarimizning muhim ifodasi haqida alohida taʼkidlab, ona tilimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga boy maʼnaviy meros sifatida yetkazish har birimizning muhim burchimiz ekanligini qayd etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida sana munosabati bilan Bojxona qoʻmitasi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari!” shiori ostida tashkil etilgan sheʼriyat va insholar tanlovi gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlanishdi.

Xususan, sheʼriyat tanlovida 3-oʻrinni Bojxona instituti kursanti E.Karimberdiyev, 2-oʻrinni Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimasi N.Moʻminova, faxrli birinchi oʻrinni esa Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimi A.Saidov qoʻlga kiritdi.

Insholar tanlovida esa Bojxona qoʻmitasi xodimlari M.Bahronov 3-oʻrinni, Z.Abdixalilov 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, Bojxona instituti kursanti D.Eshqulova eng yuqori ball bilan birinchi oʻringa munosib koʻrildi.

Bayram dasturi doirasida Bojxona institutining Ashula va raqs ansambli xonandalari hamda kursantlari tomonidan maʼrifatparvar adiblarning hayoti va ijodiga bagʻishlab namoyish etilgan sahna koʻrinishlari tadbirga alohida mazmun bagʻishladi.
More from @customschannel
  1. Oct 17, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi INVOYS ASOSIDA EKSPORT QILISHDA OLDINDAN 50 FOIZ TUSHUM TAL…
  2. Oct 17, 2026KUNNING YAXSHI XABARI! Bojxona rasmiylashtiruvi markazi “Masofaviy elektron deklaratsiyala…
  3. Oct 17, 2026#Axborot24 | 17.10.2026 1,2 kg giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs to'xtatib qol…
  4. Oct 17, 2026#tezkor #giyohvandlikka_qarshi_kurash Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga…
  5. Oct 17, 2026Sog`liqqa dahldor savdoda qonuniylik muhim 🗓 16.10.2026 ⏰ 11:00 🌐 Telegram | 🌐 Instagra…
  6. Oct 17, 2026#bojxona_dunyo_buylab BOJXONA: DUNYO BO‘YLAB! Ozarbayjonning “Astara” bojxona postida katt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →