#xalqaro_hamkorlik
Ayni kunlarda Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi delegatsiyasi Farg'ona vodiysida bo’lib turibdi.
Tashrif doirasida mehmonlar bugun Andijon viloyatidagi “Doʻstlik” chegara bojxona postida bo’lishdi.
Post faoliyatini o’rganishda asosiy e’tibor Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ning “Markaziy Osiyoda savdo tartib-taomillarini soddalashtirish /Transkaspiy transport yoʻlagi salohiyatini rivojlantirish” mintaqaviy dasturi doirasida Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
Bojxona qo'mitasi vakillari bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda hamkorlikning joriy holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda chegarada bojxona nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish hamda infrastruktura obyektlari barpo etilishida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi.
Post #75255
2.22K


