#yoshlar
Eng namunali kursantlar taqdirlandi
Bojxona instituti kursantlariga 2025-2026-oʻquv yili yakuni boʻyicha “Namunali bojxona kursanti” koʻkrak nishoni hamda koʻchma vimpellarini topshirish tadbiri oʻtkazildi.
Ushbu yutuqqa nomzodlar 2025-2026-oʻquv yili davomida oʻzining intizomi va namunali xulqi, muomala madaniyati, oʻzaro hurmat, maʼnaviy-maʼrifiy ishlardagi faol ishtiroki, oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishi, fanlardan olgan ijobiy baholari, iqtisodiy, huquqiy, estetik bilimlari, shuningdek, xorijiy tillarni oʻrganish borasidagi yutuqlari hamda institut jamoat ishlaridagi faol ishtirokiga asosan saralab olindi.
Oʻzbekiston bojxona xizmati Faxriylari uyushmasi boshqaruvining 2015-yil 8-apreldagi majlisi qarori bilan tasdiqlangan “Namunali bojxona kursantiga koʻkrak nishoni hamda koʻchma vimpeli toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida Bojxona instituti kursantlar tarkibidan 5 nafari “Namunali bojxona kursantiga” koʻkrak nishoni hamda koʻchma vimpeli bilan taqdirlanishdi.
Post #75121
1.6K







