TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #75084 2.16K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Tadbirkor ayollar uchun “Bojxona ishi” yo‘nalishida o‘quv kursi tashkil etildi

 
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning bojxona sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan amaliy bilimlar bilan ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasida “Bojxona ishi” yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy shakldagi o‘quv kursi tashkil etildi.
 
Mazkur o‘quv kursi Bojxona qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilib, unda viloyatda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 50 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Uch kun davomida tinglovchilarga bojxona sohasining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Mashg‘ulotlar Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga yuk operatsiyalarini raqamlashtirish, vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun berilgan soddalashtirishlar, tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tish tartiblari, tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solish asoslari kabi mavzularda tushunchalar berildi.
 
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari davomida tovarlarni qayta ishlash istiqbollari, bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatida bojxona tartib-taomillaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Kurs doirasida tinglovchilar uchun amaliy mashg‘ulot ham tashkil etilib, ular “Urganch” TIF bojxona postida bo‘ldilar va amaldagi bojxona tartib-taomillari bilan yaqindan tanishdilar.

 
Tadbir yakunida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
More from @customschannel
  1. Oct 8, 2026#xavfsiz_mahalla “Xavfsiz Sergeli” — xavfsiz muhit sari yangi muloqot maydoni Bojxona qo‘m…
  2. Oct 8, 2026Prezidentimiz Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi. — Президент нашей ст…
  3. Oct 8, 2026Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Arman…
  4. Oct 8, 2026Bugun Toshkent shahrida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yi…
  5. Oct 8, 2026🐕 Xalqaro itlar ko‘rgazmasiga taklif etamiz! Joriy yilning 11-oktyabr kuni Bojxona qo‘mit…
  6. Oct 8, 2026Dunyo bo'ylab TV | Несмотря на высокий спрос на рис на внутреннем рынке и действующие огра…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →