#xavfsiz_mahalla
Bojxona qo‘mitasi Raisi maslahatchisi U. Pirmuxamedova Toshkent shahar bojxona boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda Sergeli tumanidagi “Qubaytepa” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar va bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Dastlab, tumanda yoshlar tashabbusi asosida tashkil etilgan maktabgacha tayyorlov kursi faoliyati bilan tanishildi. Ayni paytda ushbu kursda mahalladagi yosh bolalar uchun turli mashg‘ulotlar tashkil etilgan. O‘rganish davomida kurs faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash hamda mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan ikkita oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur ta’lim maskanlarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga mazkur faoliyatlarni doimiy nazorat qilib borish, tadbirkorlar va yoshlarning murojaatlarini muntazam o‘rganish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Post #74955
3.06K









