TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74943 1.81K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Sirdaryoda nasldor chorva mollari olib kirishda tadbirkorga amaliy koʻmak berilmoqda

Tadbirkorlik subʼektlariga bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq masalalarda amaliy koʻmak koʻrsatish, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish juda muhim.

Shu maqsadda boshqarma boshligʻi N.Salimjonov Sirdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Muxiddin oʻgʻli – Jasurbek” fermer xoʻjaligi rahbari bilan ishchi uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda xoʻjalikning chorvachilik yoʻnalishidagi faoliyati, xususan, nasldor qoramollarni olib kelish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Fermer xoʻjaligi tomonidan xorijdan 1000 bosh nasldor yirik shoxli qoramol, jumladan, yuqori sutdor zotlarni olib kelish boʻyicha shartnoma tuzilgan. Ayni paytda ushbu shartnoma doirasida 133 bosh nasldor qoramol olib kelingan.

Uchrashuv davomida tirik hayvonlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni fermer xoʻjaligi hududiga tushirish va bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tadbirkorga Bojxona kodeksi talablari asosida tirik hayvonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yuklarni xoʻjalik hududiga tushirish, ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar bildirildi.


Uchrashuvda koʻtarilgan masalalarni tezkor hal etish va fermer xoʻjaligiga amaliy koʻmak koʻrsatish maqsadida boshqarmaning masʼul xodimlariga ko'rsatmalar berildi.
More from @customschannel
  1. Oct 6, 2026#qonunchilikdagi_yangiliklar Prezidentmizning PF-174-son Farmoniga muvofiq, “Yangi Oʻzbeki…
  2. Oct 6, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Narkotiklar yangi qiyofada: xavf qayerdan kelyapti? “UzRepor…
  3. Oct 6, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Dunyo bo'ylab TV | На приграничном таможенном посту «Айритом…
  4. Oct 6, 2026Surxondaryo viloyatidagi “Ayritom” chegara bojxona postida 52 kilogrammdan ziyod giyohvand…
  5. Oct 6, 2026#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI (118-son) Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar…
  6. Oct 6, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Sh.Salixov…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →