TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74730 2.18K
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, bojxona faxriylari hamda boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirok etgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i Z. Turdaliyev ochib berib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning bilim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy va ma’naviy kamolotida ustozlarning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv davomida viloyat Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda bojxona faxriylari tomonidan ustoz-shogird an’analari, hayotiy tajriba va bilimlarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yosh xodimlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi hamda xizmat faoliyatida muvaffaqiyatga erishish yo‘lida zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi. Shuningdek, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib, tashabbuskorligi va faolligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar viloyat Yoshlar ishlari agentligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
More from @customschannel
  1. Oct 2, 2026#intellektual_bojxona В таможенном аудите — «AI-анализ» Указом Президента № УП-174, принят…
  2. Oct 2, 2026#intellektual_bojxona Bojxona auditida — “AI-tahlil” Joriy yilning 27-avgust kuni qabul qi…
  3. Oct 2, 2026🚫 Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan…
  4. Oct 2, 2026Ozdiruvchi mahsulotlar orasidan xavfli modda aniqlandi muxbir: Muhammadsiddiq Usmonov 09:0…
  5. Oct 2, 2026#Axborot24 | 01.10.2026 1-oktabrdan boshlab bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imi 30 foizga kam…
  6. Oct 2, 2026Ustoz polkovnik: Hozirgacha o‘qitishdan ko‘ra ko‘proq o‘zim o‘qiyman Efir: 01.10.2026 | 19…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →