TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74752 3.15K
#intellektual_bojxona

Bojxona auditida — “AI-tahlil”

Joriy yilning 27-avgust kuni qabul qilingan Prezidentning PF-174-son Farmoni bilan bojxona organlarini “Intellektual bojxona” tizimiga transformatsiya qilishning yangi bosqichi belgilandi.

Muhim yangiliklardan biri — 2028-yil 1-yanvardan sun’iy intellektga asoslangan “AI-tahlil” shaklining joriy etilishidir.

Bu qanday ishlaydi?

➡️Axborot tizimlari orqali tovarlar chiqarilgandan keyin tafovut aniqlansa, tadbirkorga avtomatik xabarnoma yuboriladi.

➡️Tadbirkor:

— kamchilikni oldindan ko‘radi;
— uni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agar kamchilik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmasa, shundan keyingina bojxona auditi o‘tkaziladi.

🎯 Asosiy maqsad: kamchiliklarni erta aniqlash, ortiqcha tekshiruvlarni kamaytirish va tadbirkorga muammoni mustaqil hal qilish imkoniyatini berish.

“Intellektual bojxona” — nazoratdan oldin ogohlantirish, tahlil va raqamli yondashuv!
More from @customschannel
  1. Oct 2, 2026Dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi 🗓 1.10.2026 ⏰ 11:00 📍Toshkent vi…
  2. Oct 2, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash Narkotahdidlar marshruti o’zgaryaptimi? Yoshlar qanday qilib…
  3. Oct 2, 2026Kasbiga sadoqat - 17 yillik tajriba 🗓 1.10.2026 ⏰ 18:00 📍Toshkent shahri 🌐 Telegram | �…
  4. Oct 2, 2026Bojxona institutida uch avlod uchrashuvi 🗓 1.10.2026 ⏰ 15:00 🌐 Telegram | 🌐 Instagram|…
  5. Oct 2, 202613:45 02.10.2026 “Maxsus surishtiruv xonasi” ochildi #Toshkent vil muxbir: Mo'tabar Nurmuh…
  6. Oct 2, 2026Ustoz va murabbiylar hamisha e'tirof va e'zozda. Bayram tadbiridan reportaj @yangidavr_ras…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →