TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74300 3.56K
#giyohvandlikka_qarshi_kurash

95 kilogrammga yaqin “gashish” giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Toshkent viloyati Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dala maydonidagi daraxtlar orasiga yashirib ketilgan 4 dona xo‘jalik qopi aniqlandi.

Qoplar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 109 dona o‘ram mavjudligi maʼlum bo‘ldi. O‘ramlardagi modda Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, salkam 95 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasi ekani tasdiqlandi.

Shu bilan birga, tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan giyohvandlik vositalarini yashirilgan joydan olib ketish uchun kelishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida mazkur hudud bir necha kun davomida kuzatuvga olindi.

Oradan 8 kun o‘tib, giyohvandlik vositalarini olib ketish maqsadida ushbu hududga kelgan ikki nafar fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Tergov harakatlari davomida giyohvandlik vositalarini mazkur joyga yashirib ketish va keyinchalik olib ketish haqida topshiriq bergan shaxs ham aniqlanib, qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, jinoyatni tashkil qilgan shaxs muqaddam benzin kontrabandasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun Bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs bo‘lgan.

Eʼtiborlisi, ushbu holatda musodara qilingan giyohvandlik vositalarining miqdori qariyb 95 kilogrammni tashkil etmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur miqdordagi “gashish” 700 yuz mingta isteʼmol dozasiga teng bo‘lib, uning noqonuniy muomalaga chiqarilishi aholi, ayniqsa yoshlar hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik vositalarining qora bozordagi qiymati, oxirgi isteʼmolchigacha yetib borgan taqdirda, 10 million AQSH dollaridan oshishi mumkin edi.
More from @customschannel
  1. Oct 10, 2026X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 75 yillik yubileyini nishonladi E…
  2. Oct 10, 2026#matbuot_anjumani #intellektual_bojxona “Yangi O’zbekiston bojxonasi - 2030” - “Intellektu…
  3. Oct 10, 2026#intellektual_bojxona Endi biron tovarning bojxona to‘lovi qancha bo‘lishini va qanday not…
  4. Oct 10, 2026Қўл сумкаси ва кийимига яширилган 34 минг доллар аниқланди Андижон вилоятидаги «Дўстлик» ч…
  5. Oct 10, 2026Yunusobod tumanidagi xonadon yerto‘lasida 1176 dona "Regapen" dori vositasi saqlanayotganl…
  6. Oct 10, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash На телеканале "Дунё бўйлаб" в передаче "Актуальная студия" б…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →