TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.8K subscribers
Post #74004 2.48K
#Xavfsiz_mahalla

Sergeli tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi nazorat tadbirlari oʻtkazildi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi U.Qodirov tomonidan tumanda jamoat tartibi va aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi tungi oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Dastlab tumandagi mahallalarga biriktirilgan va tungi xizmatga jalb etilgan bojxona xodimlari bilan muloqot oʻtkazildi. Hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shuningdek, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish boʻyicha xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shundan soʻng boshqarma boshligʻi “Mehrigiyo” mahallasida boʻldi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot jarayonida koʻp qavatli uylardan birining atrofi devor bilan oʻralganligi, bu aholi harakati hamda favqulodda holatlarda transportlar harakatlanishiga toʻsiq boʻlishi mumkinliga eʼtibor qaratildi. Shu boisdan devorni buzib tashlash va uy atrofini past boʻyli temir panjara bilan oʻrash masalalari koʻrib chiqildi.

Navbatdagi manzilda “Joʻn-ariq” MFYda xavfsiz mahalla dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi. Profilaktika inspektorlari va masʼul bojxona xodimlari bilan muloqot oʻtkazilib, hududda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida roʻyxatdan oʻtmasdan yashab kelayotgan fuqarolarni aniqlash va ularni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish lozimligi tushuntirildi.
More from @customschannel
  1. Sep 23, 2026Prezidentimiz «Ipak yo‘li» sanoat zonasidagi texnikumda bo‘ldi. — Президент нашей страны п…
  2. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashki…
  3. Sep 23, 2026Davlatimiz rahbari Andijon viloyatida qiymati 9 milliard dollardan ziyod yangi obyektlarni…
  4. Sep 23, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy…
  5. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 millia…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →