TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.6K subscribers
Post #74081 1.73K
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. Unda vakolatli iqtisodiy operator maqomi, uni olish mezonlari, taqdim etiladigan yengilliklar hamda sohadagi so‘nggi qonunchilik yangiliklari atroflicha muhokama qilindi.


Tadbirda Bojxona qo‘mitasining Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartiblari, ushbu maqom doirasida beriladigan imtiyozlar hamda bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-avgustdagi 430-son qarori bilan “Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur hujjat ishonchli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga bojxona tartib-taomillarini maksimal darajada soddalashtirish va yangi qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Muloqot davomida vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish maqsadida Bojxona qo‘mitasiga ariza topshirgan “Termez Heritage” MChJ faoliyati qo‘mitaning mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda bevosita o‘rganildi.

Shuningdek, tadbir doirasida viloyatning yirik korxonalari — “Termez Cargo Centre” MChJ hamda “T Oil” MChJ tomonidan ham vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish uchun arizalar topshirildi.


Muloqotlar chog‘ida korxonalarning ishlab chiqarish va logistika salohiyati, tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishidagi ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi hamda kelgusida ushbu maqomning berilishi tadbirkorlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishiga oid masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
More from @customschannel
  1. Oct 1, 2026Bojxona institutida «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiyla…
  2. Oct 1, 2026Bojxona institutida bayram munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilindi.
  3. Oct 1, 2026Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! 16:00 1.10.2026 😎 Telegram 😎 Instagram▶ You…
  4. Oct 1, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qon…
  5. Oct 1, 2026📚 Ustozdan — shogirdga, avloddan — avlodga! Kasbni kitobdan o‘rganish mumkin. Ammo uning…
  6. Oct 1, 2026MEN UCHUN USTOZ... Ustoz — faqat bilim bergan inson emas. U — yo‘l ko‘rsatgan, ishonch ber…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →