TGViewer
Channel Public Channel
Copy atelier ✍🏻

Copy atelier ✍🏻

@copy_atelier

Soʻz ustaxonamga xush kelibsiz!

•Soham: progrev, ssenariy va matnlar yozish.

•Bu blogda yozish san’ati haqida gaplashamiz.

Aloqa: @sabrinaturgunboyeva
Ikkinchi sahifam: @kitobqalbli
Subscribers
42
Photos
15
Videos
4
Links
0
Recent Posts 7 shown
Post #45 166
Muvozanat — hayotingizda ayni paytda qaysi davrda ekaningizni anglash.

Ba’zan o‘qish birinchi o‘rinda bo‘ladi, ba’zan ish, ba’zan oila, ba’zan esa shunchaki o‘zingizga qaytish.

Muvozanat — hamma narsaga birdek vaqt ajratishga urinish emas. Qaysi davrda nima siz uchun muhimligini tushunish va aynan shunga bor kuchingizni berish.

Chunki hayotning har bir davrining o‘z vazifasi, o‘z go‘zalligi bor.

✍ @copy_atelier
  • ❤‍🔥 5
  • ⚡ 3
  • 🍾 2
Post #43 162
Ulgʻayishning asl ma’nosi.

Kichkinaligimda ukam bilan birga oʻrgimchak odamni ko‘rar edik. O‘sha paytlarda oʻrgimchak odam men uchun shunchaki superqahramon edi. Shunchaki. Aslida esa u superqahramon bo‘lishdan oldin inson. U ham sevadi. U ham qo‘rqadi. U ham yo‘qotadi. U ham yolg‘iz qoladi. Lekin ertasi kuni yana o‘rnidan turib, yo‘lida davom etadi.

Ulgʻayishning asl ma’nosi ham shudir balki? Filmlardagi qahramonlarni emas, ularning ichidagi o‘zimni ko‘ra boshlabman.

Spider-Man, Brand New Daydan olgan saboqlarim:

— Yurak og'rig'i, jiddiy xatolar va og'ir muvaffaqiyatsizliklar hikoyangizga yakun yasamaydi, ular shunchaki bir bobni yopadi.

— Yaxshi inson bo'lish hayot senga qanday munosabat qilishida emas, bu baribir qanday inson bo'lishni tanlashingizdadir.

— O'tmish sizga saboqlar beradi, lekin bugun sizga kuch bag'ishlaydi. Og'irlikni ortda qoldiring va yangi kuningizni boshlang.

— Spiderman doimo shunchaki superqahramondan ko'proq bo'lib kelgan. U oʻzini qanchalik charchagan yoki yolg'iz his qilishingizdan qat'iy nazar, har doim oldinga intilish tanlovingiz borligini eslatib turuvchidir.

Kechagi kun yakuni shu eslatdi: yangi kunning asl ma’nosi eskisini qaytarib olish emas, balki hozir barpo etayotgan hayotingizni sevishni o‘rganishda. Go‘zal xabar uchun rahmat senga, spiderman.

✍ @copy_atelier
  • ❤‍🔥 3
  • ✍ 1
Post #38 460
Media menga daromaddan qimmatroq narsalar berdi.

Mediada ishlashning eng yaxshi tomonlaridan biri bu networking. Lekin men uchun gap shunchaki yangi tanishlar orttirishda emas. Qiziqrogʻi, havas qiladigan insonlarimning fikrlashi, dunyoqarashi va energiyasini yaqindan ko’rish imkoniyati.

May–iyun oylarida Lingua Barno loyihasida Instagram uchun progrevlarni yozdim. Ungacha Barno opani deyarli kuzatmasdim. Lekin negadir har safar reelslari chiqib qolganda, nimadir toʻxtatib qolardi, ayniqsa niyatlar haqidagi videolarini qayta-qayta koʻrganman. Sababini o’zim ham tushuntira olmasdim. Birga ishlashni boshlaganimizdan keyin esa o’sha hissiyotning sababini tushungandek bo’ldim. Bloglarida bor samimiyat, boshqacha osoyishta vibe hayotda ham juda chiroyli. Kamerada ham, hayotda ham bir xil qoladigan kam sonli insonlardan.

Hayotda energiyasi oʻzingnikiga toʻgʻri keladigan insonlar bilan yonma-yon boʻlish juda muhim va qiyin. Ba’zi insonlar bilan uchrashuvdan keyin oʻzingni ogʻir his qilasan, ba’zilaridan keyin hayotga muhabbating yanayam oshib ketadi. Buni yillar o’tgani sayin ko’proq tushunyapman.

Birinchi uchrashuvimizda ingliz tili yo’nalishidagi boshqa ekspertlar bilan bir davrada o’tirdik. Barno opa Amerikadagi 40 kunlik hayotlari haqida gapirib berdilar. Har xil voqealarni aytib berganlaridagi emotsiyalar hali ham yodimda oʻshandek turibti. Voqeani emas, hisni yuqtira oladigan odamlar boshqacha. O’sha suhbatdan keyin ichimda yana bir nechta yangi orzular paydo bo’lgandi.

Shunaqa paytlarda media yanayam yoqib ketadi. Har safar yangi loyiha boshlaganimda, ‘yana bitta mijoz’ deb boshlayman. Tugagach esa, nafaqat bitta yaxshi inson, balki yana bitta yangi dunyoqarash, yoshimdan kattaroq hayot tajribalari, yuragimda yangi orzular bilan tanishgan bo’laman. Har gal hayot doiram kengayib boradi.

Media sabab birga ishlagan, kuzata boshlagan va fikrlashi bilan menga ta’sir qilgan insonlar haqida alohida post yozishni istayman aslida. Chunki yuqorida aytganimdek, har biri alohida yoqimli hikoya.

Videoda esa, ich-ichidan juda ham blog yuritishni xohlaydigan, ammo hali kamera oldida biroz (aslida anchagina) uyaladigan Sabrina. Shunaqa gaplar, oxirigacha oʻqidingizmi?

✍ @copy_atelier
  • ❤‍🔥 5
  • 🍾 4
  • ⚡ 2
Post #35 415
Nega kanalga kirib, postlarimni oʻqib, lekin obuna boʻlmaysizlar? 😼
  • ⚡ 6
  • 🍾 3
  • 🤓 2
Post #28 783
— Oʻzi progrev ssenarist nima ish qiladi?

Sodda qilib aytganda, progrev ssenaristlar biror bloger, ekspert yoki kompaniyaning mahsuloti (kursi, xizmati, webinari)ni sotilishidan oldin auditoriyani "isitish" (tayyorlash) ssenariysini yozuvchi mutaxassislar hisoblanadi.

Progrev ssenaristining vazifalari:
•Auditoriyaning ishonchini qozonish
•Muammoni koʻrsatish

•Storytelling tuzish
•Sotuvga tayyorlash

✍ @copy_atelier
  • ⚡ 5
  • ❤‍🔥 4
  • 🍾 4
Post #27 1.17K
Mo'jiza pok qalbli insonlarni topadi, hatto hamma narsa yoʻqolgandek tuyulganda ham.
  • ✍ 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🍾 2
Post #26 825
Happy 22
  • 🍾 12
  • ⚡ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @copy_atelier without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Copy atelier ✍🏻: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Copy atelier ✍🏻 have?
Copy atelier ✍🏻 (@copy_atelier) has 42 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Copy atelier ✍🏻 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →