TGViewer
Copy atelier ✍🏻 Copy atelier ✍🏻 @copy_atelier · 42 subscribers
Post #43 162
Ulgʻayishning asl ma’nosi.

Kichkinaligimda ukam bilan birga oʻrgimchak odamni ko‘rar edik. O‘sha paytlarda oʻrgimchak odam men uchun shunchaki superqahramon edi. Shunchaki. Aslida esa u superqahramon bo‘lishdan oldin inson. U ham sevadi. U ham qo‘rqadi. U ham yo‘qotadi. U ham yolg‘iz qoladi. Lekin ertasi kuni yana o‘rnidan turib, yo‘lida davom etadi.

Ulgʻayishning asl ma’nosi ham shudir balki? Filmlardagi qahramonlarni emas, ularning ichidagi o‘zimni ko‘ra boshlabman.

Spider-Man, Brand New Daydan olgan saboqlarim:

— Yurak og'rig'i, jiddiy xatolar va og'ir muvaffaqiyatsizliklar hikoyangizga yakun yasamaydi, ular shunchaki bir bobni yopadi.

— Yaxshi inson bo'lish hayot senga qanday munosabat qilishida emas, bu baribir qanday inson bo'lishni tanlashingizdadir.

— O'tmish sizga saboqlar beradi, lekin bugun sizga kuch bag'ishlaydi. Og'irlikni ortda qoldiring va yangi kuningizni boshlang.

— Spiderman doimo shunchaki superqahramondan ko'proq bo'lib kelgan. U oʻzini qanchalik charchagan yoki yolg'iz his qilishingizdan qat'iy nazar, har doim oldinga intilish tanlovingiz borligini eslatib turuvchidir.

Kechagi kun yakuni shu eslatdi: yangi kunning asl ma’nosi eskisini qaytarib olish emas, balki hozir barpo etayotgan hayotingizni sevishni o‘rganishda. Go‘zal xabar uchun rahmat senga, spiderman.

✍ @copy_atelier
  • ❤‍🔥 3
  • ✍ 1
More from @copy_atelier
  1. Aug 31, 2026Muvozanat — hayotingizda ayni paytda qaysi davrda ekaningizni anglash. Ba’zan o‘qish birin…
  2. Jul 10, 2026Media menga daromaddan qimmatroq narsalar berdi. Mediada ishlashning eng yaxshi tomonlarid…
  3. Jul 2, 2026Nega kanalga kirib, postlarimni oʻqib, lekin obuna boʻlmaysizlar? 😼
  4. May 27, 2026— Oʻzi progrev ssenarist nima ish qiladi? Sodda qilib aytganda, progrev ssenaristlar biror…
  5. May 26, 2026Mo'jiza pok qalbli insonlarni topadi, hatto hamma narsa yoʻqolgandek tuyulganda ham.
  6. Apr 29, 2026Happy 22
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →