Shofirkon tumanida voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’molining barvaqt oldini olish, yosh avlodni turli zararli illatlardan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida voyaga yetmaganlar bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazilib, giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ta’lim olishga va sport bilan shug‘ullanishga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Profilaktik tadbirlar davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy ongini oshirish hamda ota-onalar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda samarali profilaktik ishlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube




