TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 122K subscribers
Post #126483 1.81K
Osiyo xalqaro universiteti talabalari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi
Uchrashuv davomida talabalarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, yo‘llarda harakatlanishda ehtiyotkorlikni oshirish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish hamda transport vositalarini boshqarishda xavfsizlik talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda kiberjinoyatchilik, internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklar va ularning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, talabalarga shaxsiy ma’lumotlar, bank kartalari rekvizitlari va SMS orqali keladigan tasdiqlash kodlarini begonalarga bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, noma’lum shaxslarning turli va’dalar va takliflariga ishonib qolmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligi va kiberjinoyatlarning oldini olish mavzularidagi, talabalarni ogohlikka va hushyorlikka chorlovchi videoroliklar namoyish etildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 16, 2026Qorovulbozor tumani IIBning 9 oylik faoliyati sarhisobi: yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqi…
  2. Oct 16, 2026Buxoro shahri ko‘chalari bo‘ylab avtomashinasini soatiga 201 kilometr tezlikda boshqargan…
  3. Oct 16, 2026SHOFIRKON TUMANIDA VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT ISHLARI OL…
  4. Oct 16, 2026#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz! Aldangan beg'uborlik... Buxoro viloyatidagi ijodiy blogerle…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →