TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 124K subscribers
Post #126289 2.03K
Buxoro viloyatida ommaviy tadbirlar nazoratiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi
Buxoro viloyatida ommaviy tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Viloyat IIB JXX JTSB rahbariyati raisligida o'tgan muhokamada Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Sog'liqni saqlash, Madaniyat va sport boshqarmalari hamda boshqa hamkor idoralar mas'ullari ishtirok etdi.

Yig'ilishda hukumat va vazirliklar qarorlari asosida ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlash, yo'l harakati va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz holatlarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan kamchiliklardan xulosa qilingan holda kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 9 oyi davomida viloyat hududida jami 11 840 ta (siyosiy, madaniy, sport va boshqa turdagi) ommaviy tadbir o'tkazilgan bo'lib, murojaatlarga asosan ularning 170 tasi maxsus ruxsatnoma asosida tashkil etilgan.

Muloqot yakunida tadbirkorlar hamda turli tashkilotlardan kelib tushgan arizalar komissiya a'zolari tomonidan ko'rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi va ishtirokchilarning barcha savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 14, 2026G‘ijduvon tumanida aholi muammolarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tka…
  2. Oct 14, 2026BUXORO JAMOASI O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI! JARAYONLARDAN FOTOLAVHALAR 🇺🇿 Rasmiy sahifala…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →