TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 124K subscribers
Post #126336 2.01K
G‘ijduvon tumanida aholi muammolarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
G‘ijduvon tumanidagi "Ko‘lijabbor" mahalla fuqarolar yig‘inida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlariga quloq tutish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga amaliy yechim topish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning buguni va ertasi yotganligini teran anglagan holda, ochiq hamda samimiy ruhda kechgan tadbirda 10 dan ziyod turli yo‘nalishdagi muammolar o‘rtaga tashlandi. Mutasaddilar tomonidan murojaatchilarning har biriga alohida e'tibor qaratilib, qonuniy va adolatli qarorlar qabul qilish choralari ko‘rildi.

Xususan, qabul davomida ko‘tarilgan masalalar asosan ijtimoiy-maishiy, infratuzilma hamda huquqiy yo‘nalishlarni qamrab oldi. Jumladan, probatsiya nazoratida turgan fuqaroni jazo muddatidan oldin shartli ozod qilish, hududdagi maktab uchun issiqxona barpo etishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida transformator atrofini maxsus panjaralar bilan o‘rash hamda ichki ko‘chaga asfalt yotqizish yuzasidan qilingan murojaatlar tinglandi.

Bundan tashqari, sog‘lig‘ida jiddiy muammosi bo‘lgan fuqaro jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun moliyaviy ko‘mak so‘rab murojaat qildi. Yana bir e'tiborli holatda, oilaviy kelishmovchilik orqasida kelib chiqqan jinoiy ishni tomonlarning o‘zaro yarashgani munosabati bilan qonuniy tartibda bekor qilish va kelishmovchilikka barham berish masalasi mutaxassislar ishtirokida batafsil o‘rganildi.

Tadbir davomida kelib tushgan murojaatlarning bir qismi bevosita boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining aralashuvi bilan shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha vaqt, chuqurroq huquqiy o‘rganish va mablag‘ talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli soha mas'ullariga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularning to‘liq va qonuniy hal etilishi qat'iy nazoratga olindi.

Xalq va davlat idoralari o‘rtasidagi masofani qisqartiruvchi, muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganishga qaratilgan bu kabi yuzma-yuz muloqotlar aholining adolatga va davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 14, 2026BUXORO JAMOASI O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI! JARAYONLARDAN FOTOLAVHALAR 🇺🇿 Rasmiy sahifala…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →