TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 124K subscribers
Post #126286 1.9K
Buxoro viloyati ayollar terma jamoasi ishonchli g'alaba bilan bronza medalini qo'lga kiritdi
Respublika miqyosida o'tkazilgan musobaqada Buxoro viloyatining ayollar terma jamoasi o'zining yuksak mahorati va g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoqini namoyish etib, faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

Bronza medali uchun kechgan hal qiluvchi bahsda buxorolik sportchi qizlar Namangan davlat universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Murosasiz va qizg'in o'tgan uchrashuvda Buxoro viloyati vakillari o'yin boshidan tashabbusni o'z qo'llariga olishdi. Ular har tomonlama ishonchli, taktik jihatdan puxta o'yin namoyish etib, raqiblariga deyarli imkoniyat qoldirishmadi. Yakuniy natija – 3:0 hisobidagi yirik va mutlaq g'alaba buxoroliklar foydasiga hal bo'ldi.

Ushbu yorqin muvaffaqiyat nafaqat jamoa a'zolarining tinimsiz mehnati va irodasi, balki Buxoro viloyati nufuzi ifodasidir. Buxoro viloyati jamoasini ushbu ajoyib yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ham shohsupaning eng yuqori pog'onalarini zabt etishlariga tilakdoshmiz!

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 14, 2026G‘ijduvon tumanida aholi muammolarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tka…
  2. Oct 14, 2026BUXORO JAMOASI O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI! JARAYONLARDAN FOTOLAVHALAR 🇺🇿 Rasmiy sahifala…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →