Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogi musobaqasida Buxoro viloyati jamoasi yorqin g‘alabaga erishib, chempionlikni qo‘lga kiritdi!
Final bahsida Buxoro viloyati voleybolchilari IIV Akademiyasi jamoasiga qarshi maydonga tushib, munosib o‘yin namoyish etdilar va musobaqani 1-o‘rin bilan yakunladilar.
🥇 1-o‘rin — Buxoro viloyati
🥈 2-o‘rin — IIV Akademiyasi
🥉 3-o‘rin — Humo
Ushbu yuksak natija jamoamizning kuchli tayyorgarligi, matonati, jamoaviy birdamligi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishining yorqin ifodasidir.
Buxoro viloyati voleybol jamoasini, murabbiylar va barcha jamoa a’zolarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube



