Buxoro davlat texnika universiteti talabalari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Buxoro viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi rahbariyati, universitet profilaktika inspektori, Komplayens bo‘limi bosh mutaxassisi hamda fakultet dekani ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun talablariga rioya etish, huquqiy mas’uliyatni anglash hamda turli salbiy holatlardan ogoh bo‘lish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, hushyorlik va mas’uliyatni oshirish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube



