Yig‘ilishda Buxoro shahar bo'yicha IIO FMB xodimlari, viloyat YHXB masʼul xodimlari, texnikum o‘qituvchilari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning huquqiy ongi va masʼuliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
voyaga yetmagan yoshlar tomonidan transport vositalarini boshqarish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, bu kabi harakatlar nafaqat qonunbuzarlik, balki inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yoshlarga transport vositalarini boshqarish uchun belgilangan yosh va qonun talablari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga doimiy ravishda amal qilish, o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligiga befarq bo‘lmaslik lozimligi taʼkidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube





