Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlar ishtirokida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va hududdagi vaziyat tahliliga bag‘ishlangan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, tungi vaqtlarda zaruratsiz ko‘chalarda yurmaslik, aholi gavjum joylar hamda jamoat transportida shaxsiy buyumlarga hushyor bo‘lish, turli ko‘ngilsizliklar va jinoyat qurboniga aylanib qolishning oldini olish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda avj olayotgan kiberjinoyatlar va internet firibgarliklaridan himoyalanish choralari batafsil tushuntirildi. Tadbir doirasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “APK Qo‘riqchi” mobil ilovasining qulayliklari targ‘ib qilinib, talabalarga ushbu dasturni o‘z telefonlariga o‘rnatish hamda oila a'zolariga ham tavsiya etish muhimligi ta’kidlandi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube


