TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 124K subscribers
Post #126214 2.74K
Buxoro shahrida “Turmush” profilaktik tadbirlari qizg'in oʻtkazilmoqda
Buxoro shahrida joriy yilning 5-oktabridan 5-noyabriga qadar “Turmush” profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad oilaviy nizolarning oldini olish, tazyiq va zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Tadbir davomida notinch va nizoli oilalardagi muhit oʻrganilib, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinmoqda. Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, zoʻravonlikdan jabrlanganlarga tegishli yordam koʻrsatilmoqda hamda voyaga yetmaganlarning xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Joylarda, xususan, mahalla fuqarolar yigʻinlarida masʼul xodimlar ishtirokida aholi oʻrtasida keng qamrovli targʻibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Suhbatlar doirasida kiberxavfsizlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, fuqarolarga “APK Qoʻriqchi” dasturidan foydalanish tavsiya qilinmoqda. Ushbu dastur mobil qurilmalarni zararli fayllardan himoya qilish, kiberfiribgarlarning telefonga ulanib olishi va plastik kartalardan mablagʻ oʻgʻirlashining oldini olishga xizmat qiladi. Koʻrilayotgan barcha choralar fuqarolarning ijtimoiy va axborot xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda turmush farovonligini yanada yaxshilashga qaratilgan.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 13, 2026Buxoro shahrida sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan tanqidiy muhokama o‘tkazildi Buxoro…
  2. Oct 13, 2026Buxoro davlat universitetida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilga…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →