Buxoro tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i hamda tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan "Rabotak" mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda mahalla otingoyisi va yettiligi ham ishtirok etdi.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Muloqot davomida nizoli oilalar, sudlashayotgan shaxslar hamda «112» qisqa raqami orqali murojaat qilgan fuqarolarning muammolari tinglandi. Shuningdek, probatsiya hisobida turuvchi ayollarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, muammolarni ijobiy hal etish, oilaviy nizo va ajrimlarning oldini olish, xonadonlarda tinchlik-totuvlikni ta’minlash yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Xususan, ushbu mahallada yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, hozirda ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan G. I. bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Fuqaro kelgusida qayta huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasligi to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube






