Kogon shahrida qidiruvdagi shaxs ushlandi
Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbiri doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib, yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 11-oktabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi hamda 165-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 25-sentabr kuni qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Kogon shahar, "Buxoroi Sharif" MFY, Azizobod ko‘chasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan Sh. F. ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.
Kogon shahar IIB TQX JQB hamda Qo‘riqlash xizmati 2-TQM mas'ul xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Kogon shahri hududida qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
