Buxoro viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i rahbarligida Romitan tumani IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida tezkor yig'ilish bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida hududda jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, aholi bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qonuniy, sifatli hamda belgilangan muddatlarda o'z vaqtida ko'rib chiqish yuzasidan mas'ul xodimlarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
Yig'ilish yakunida xodimlar tomonidan xizmat intizomi va amaldagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya etilishi, xizmat burchini bajarishda mas'uliyatni yanada oshirish lozimligi alohida ta'kidlab o'tildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









