Qorako‘l tumanida sayyor sud: 3 nafar shaxs muddatidan oldin ozod etilib, 5 nafari ozodlikdan mahrum etildi
"Xavfsiz hudud dolzarb 30 kunlik" profilaktik tadbiri doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda tuman Qorako'l tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turuvchi jazo o‘tayotgan shaxslar ishtirok etib, nazorat ostidagilarning xulq-atvori, jazoni o‘tash davridagi intizomi, jamiyatga munosabati hamda ijtimoiy hayotga qayta moslashish darajasi atroflicha o‘rganildi.
Sud muhokamasi davomida bir qator shaxslarning ijobiy tomonga o‘zgarganligi hamda belgilangan talab va qoidalarga mas’uliyat bilan yondashganligi inobatga olinib, 3 nafar shaxs jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Aksincha, o‘rnatilgan qonuniy cheklovlarga amal qilmagan 5 nafar mahkumning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, ularga nisbatan tayinlangan jazo ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









