TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125338 2.16K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Romitan tumanida sodir etilgan jinoyat mahalla ahli ishtirokida muhokama qilindi
Romitan tumani "Xosa" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va mahalla faollari ishtirokida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokamada Buxoro viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, uning o‘rinbosari, Buxoro viloyati IIB RT va XSX boshlig‘i, Romitan tuman IIB boshlig‘, Romitan tumani hokimi o‘rinbosari, tuman bosh imom-xatibi hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishning asosiy maqsadi — hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan har bir qonunbuzarlikdan tegishli xulosa chiqarish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Muhokama davomida qayd etilishicha, 2026-yil 24-sentabr kuni soat 21:30 larda Romitan tumani "Xosa" qishlog‘ida joylashgan xonadonlarning birida bo‘lib o‘tayotgan to‘y marosimida janjal kelib chiqqan. Mahallada yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro S.O. tanishi I.M. bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uning bosh qismiga qo‘li bilan zarba bergan.

Oqibatda jabrlanuvchi I.M. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishining og‘ir darajasi, boshning chap chakka suyagi sinishi va bosh miya gematomasi kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan S.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. E’tiborli jihati, gumonlanuvchi muqaddam ham shu turdagi jinoyat uchun sudlangan bo‘lib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Muhokama jarayonida mahalla faollari, oqsoqollar va yoshlar ishtirokida ushbu salbiy holat keskin qoralandi. To‘y va turli marosimlarda spirtli ichimliklar ta’sirida kelib chiqadigan nizolarning oqibatlari, farzandlar tarbiyasi va nazoratiga befarq qaramaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 28, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik DAVLAT RAQAM BELGISINI YASHIRISH — QONUNBUZARLIK! Buxoro…
  2. Sep 28, 2026Kattalar o'rtasidagi viloyat kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi Buxoro davlat universiteti spo…
  3. Sep 28, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik BuxDUda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →